3-dekabr kuni Toshkentning Shayxontohur va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti kechgacha o‘chirildi. Bu haqda “Hududgazpoytaxt” xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, joylarda rejali ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, shu munosabat bilan ayrim joylarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:

  • Shayxontohur tumani — Huvaydo, Zafarobod, Tinchlik va Ilg‘or mahallalari, S-27, S-26 (Gulobod) va Chorsu mavzelaridagi ko‘p qavatli uylar va kottejlar;
  • Olmazor tumani — Orzu, Quyosh va Chustiy mahallalaridagi xususiy uylar va ko‘p qavatli uylar.

Shuningdek, 78 ta ulgurji iste’molchi gazsiz qoldi. Noqulayliklar uchun shahar aholisidan uzr so‘raldi.