Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi sessiyasida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Davlat rahbari shu yil yanvardan buyon viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Erkinjon Turdimov nomzodini taklif etdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Erkinjon Turdimov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Rahbarga Sirdaryo viloyatini rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash, viloyatni ilg‘or hududlardan biriga aylantirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatish topshirildi.
Kelgusi yilda viloyatga jami 3 milliard dollar investitsiya olib kelib, eksportni 500 million dollarga yetkazish va 185 ming aholini band qilish vazifasi qo‘yildi.