O‘zbekistonda “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjatga muvofiq, mahallalarda xotin-qizlar bandligi va salomatligini ta’minlash markazlari faoliyati kengaytiriladi. 2026-2027-yillarda Hamroh ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi:

  • xotin-qizlarning 6 mingta tadbirkorlik loyihasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratadi;
  • 2,8 ming nafar xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitadi;
  • 2 ming nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ko‘maklashadi.

Hokimliklar tomonidan tashkil etiladigan markazlar ayollar uchun tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, kasb-hunarga o‘qitish kabi faoliyat turlarini tashkil etish uchun tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalariga ijaraga beriladi.