Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmagan shaxslarni onlayn platformalarda ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlovchi qonun loyihasi taqdim etildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Hujjatga muvofiq, tezkor xabar almashish xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tishdan tashqari, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarni onlayn platformalarda ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash taklif qilindi.
Norma’ning yozishicha, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga aksariyat platformalar — videoxostinglar, ijtimoiy tarmoqlar, kontent platformalarida akkauntlar ochish taqiqlanadi. Istisno — messenjerlar.
Loyiha ishlab chiquvchilarining qayd etishicha, taqiq bolalarni onlayn platformalarda tarqatilayotgan zararli va noqonuniy kontentdan himoya qilishga qaratilgan.