4-dekabr kuni olimlar Quyoshda so‘nggidan oldingi quvvat sinfidagi chaqnashni qayd etishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

M6.1 chaqnashi Toshkent vaqti bilan 07:50 da qayd etilgan, uning davomiyligi 30 daqiqani tashkil etgan.

U bir hafta ichida birinchi marta shunday quvvatga ega bo‘ldi. Dushanba kunidan beri Quyoshda faqat C sinfidagi chaqnashlar va bitta X sinfidagi chaqnash kuzatildi, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, chaqnashlar quyosh plazmasi emissiyasi bilan birga kelishi mumkin, uning bulutlari Yerga yetib borgach, magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.