Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi choyxonada gaz portlashi oqibatida jabrlangan fuqarolar bilan birga shifoxonaga bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari shifoxonada bo‘lib, jabrlanganlar holidan xabar oldi, ularning yaqinlari bilan suhbatlashdi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash sabablarini aniqlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.
Gulistondagi choyxonada gaz balloni portlashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.