Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident sanoat korxonalari faoliyati, mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.