Ayni paytda Diversity Visa (Green Card) 2027 dasturiga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni hali boshlanmagan. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Diplomatik vakolatxonaning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda DV-2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish allaqachon boshlangani, shuningdek, g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirishi mumkinligini aldov yo‘li bilan da’vo qilayotgan shaxslar va xizmatlar haqida yolg‘on xabarlar paydo bo‘lmoqda. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya ma’lum qildi elchixona.

DV-2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish sanalari va joriy yilda ariza topshirish jarayonidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ma’lum bo‘lishi bilanoq Davlat departamenti tomonidan e’lon qilinadi.