4-dekabr kuni Toshkentning Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida elektr ta’minoti qisman uzildi. Bu haqda Poytaxt elektr tarmoqlari filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagilar elektrsiz qoldirildi:
- Mirobod tumani: Navro‘z, Temiryo‘lchilar, Zaminobod, Birodarlik, Istiqlolobod va Sarako‘l mahallalarida;
- Yakkasaroy tumani: Bobur, Armug‘on, Boshliq va Abdulla Qahhor mahallalarida.