4-dekabr kuni Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gaz ta’minoti uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Sergeli tumani: Nurhayot, Ittifoq, Nilufar, Daryobo‘yi, Sofdil va So‘g‘diyona MFY ulgurji iste’molchilar — 71 ta. 124 ta ko‘p qavatli uy, 833 ta xonadonda gaz bosimi pasaymoqda; “So‘g‘diyona” turar joy majmuasining 8 ta ko‘p qavatli uyi va 860 ta xonadonida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
  • Olmazor tumani: Olchazor, Xushnud, Yorqin hayot, Chorbog‘ va Viqor mahallalari, 45 ta ko‘p qavatli uy, 899 ta xonadonda gaz bosimi pasaymoqda. Yirik iste’molchilar — 89 ta.

Rejali ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng ta’minot qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.