4-dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi 3° iliqdan 15° iliqqacha, janubda 15° iliqqacha, shimoli-g‘arbda 8° iliqqacha bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, harorat kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kunduzi 3-8° iliq, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.