The Athletic nashri 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan eng yaxshi 100 futbolchi reytingini taqdim etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 86-pog‘onani band etdi. Birinchi o‘rinda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe, ikkinchi o‘rinda Norvegiya terma jamoasi forvardi Erling Xoland, uchinchi o‘rinda Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal qayd etildi.

Kuchli o‘nlikka Harri Keyn, Pedri, Jud Bellingem, Vinisius Junior, Lionel Messi, Kevin de Bryuyne va Janluiji Donnarumma kirdi.