Gulistondagi qahvaxonada yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oilalariga 100 mln so‘mdan moddiy yordam ajratiladi. Prezident tegishli topshiriqni e’lon qildi.
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi sessiyasida jabrlanganlarga bepul tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilayotgani ta’kidlandi. Davlat rahbari uch kun muddatda halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mutasaddi idoralarga qisqa muddatda holat sabablarini aniqlash va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bu fojia favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimi uchun katta saboq bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Bunday noxush holatlarning oldini olish uchun barcha mas’ul xizmatlarni qish oylarida 24 soatlik ish tartibiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.