O‘zbekiston maktablarida qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hukumat qaroriga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi (boshlang‘ich sinflarda 1-4-sinflarda 27 dekabrdan).

Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. 2026-yil 11-yanvar yakshanba kuni bo‘lgani uchun uchinchi chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.