O‘zgidromet sinoptiklari o‘zbekistonliklarni yaqinlashib kelayotgan yomg‘ir va havo haroratining pasayishi haqida ogohlantirdi.
8-10 dekabr kunlari mamlakat hududiga nam havo massasi kirib keladi. Shu sababli 8-9-dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 8-10 dekabr kunlari yomg‘ir, qor yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
9-10 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Shuningdek, havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda: 10 dekabrga kelib markaziy hududlarda kechasi 2-5 daraja sovuq, kunduzi 3-6 daraja iliq, shimolda kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja sovuq bo‘ladi.