Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ACWA Power kompaniyasi raisi va Vision Invest direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi turmush sifatini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shadigan energetika, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

So‘nggi yillarda rivojlanishning ishonchli dinamikasini namoyish etayotgan Qoraqalpog‘istondagi istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.