Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida transportni boshqarish tizimini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Tegishli hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent shahri transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi:

  • aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish;
  • avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini 18 km/soatdan 24 km/soatgacha oshirish;
  • transport vositalari uchun 150 ming to‘xtash joyi tashkil etish;
  • metropoliten liniyalari uzunligini 103 kilometrgacha oshirish.

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • transport, yo‘lovchilar va piyodalar oqimlarini uzluksiz monitoring qilish asosida yo‘l harakatini tashkil etish;
  • zamonaviy raqamli va yashil texnologiyalar;
  • Toshkent shahrining transport master-rejasini ishlab chiqish;
  • asosiy kirish avtomobil yo‘llarining jamoat transporti oxirgi bekatlari bilan kesishgan joylarida transport vositalari uchun ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etish;
  • xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda Toshkent metropolitenining yer usti liniyalari va yo‘l o‘tkazgichlari ostida avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish.