5-dekabr kuni Toshkent metropoliteni yo‘lovchilari “Paxtakor” va “G‘afur G‘ulom” bekatlari oralig‘idagi poyezdlardan birida qolib ketgan. Metropoliten matbuot xizmati nosozliklarni tasdiqladi va poyezd texnik ko‘rikka yuborilganini ma’lum qildi.

Hodisa soat 11:55 da “G‘afuri G‘ulom” va “Alisher Navoiy” bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan 39-sonli yo‘lovchi poyezdida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, poyezd qariyb 15 daqiqa harakatlanmagan. Idoraning ma’lum qilishicha, chindan ham nosozliklar bo‘lgan, shu sababli poyezd 6 daqiqaga to‘xtab qolgan.

Natijada mutaxassislar texnik xizmat ko‘rsatish uchun tarkibni to‘xtatib, texnik ko‘rikka yuborgan. Hozirda poyezdlar harakati tiklanib, jadval asosida harakatlanmoqda.