5-dekabr kuni Toshkentning Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uzilish rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Sergeli tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): Keng makon, Nomdanak va Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari;
  • Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:30 gacha): Amir Temur, Chinor mahallalari va 1, 2, 3, 4 G‘alabaning 40 yilligi mavzelari.

Rejali ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng ta’minot qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.