5-dekabr kuni Vashingtonda futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya va Kolumbiya bilan birga “K” guruhidan joy oldi. To‘rtinchi jamoa Kongo DR, Yamayka yoki Yangi Kaledoniya bo‘lishi mumkin — pley-off g‘olibi.
Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi, 11-iyun kuni boshlanadi, final o‘yinlari 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
17-iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ilk o‘yini bo‘lib o‘tadi, jamoa Kolumbiyaga qarshi, 23-iyun kuni esa Portugaliyaga qarshi o‘ynaydi. 27-iyun kuni pley-off g‘olibi bilan guruh bosqichining so‘nggi o‘yini bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kanavaro qur’adan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Bizda imkoniyatlar bor, albatta, ayniqsa, jahon chempionatida qatnashayotganimiz va Portugaliya, Kolumbiya kabi jamoalar bilan o‘ynayotganimizni hisobga olsak. Bu futbolchilarimiz uchun juda muhim palla. Biz jahon chempionatida ishtirok etyapmiz va hamma narsa bo‘lishi mumkin. Asosiysi, biz shu yerdamiz va bundan xursandmiz — Fabio Kanavaro.