O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Markaz O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalardagi loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar yaqin muloqotni davom ettirish va qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidladi.