6-dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushadi, kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati kunduzi 0-17 daraja iliq, shimoli-g‘arbda 7 daraja iliqqacha, markaziy viloyatlarda 13 daraja iliqqacha, janubda 17 daraja iliqqacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, tuman tushadi, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.