Oksana Chusovitina Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida ishtirok etish uchun mashg‘ulot o‘tkazayotganini aytdi, deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu yil Jakartadagi jahon chempionatiga borishni rejalashtirmagan, to‘rtta snaryad uchun dasturlarni tayyorlash uchun tanaffus qilishga qaror qilgan.
Hozir faqat mashq qilmoqchiman va musobaqalarga chalg‘imayman. 2027–2028-yilgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun xotirjam tayyorgarlik ko‘rish niyatidaman, — dedi u.
2028-yilda Oksana Chusovitina 53 yoshga to‘ladi.
Avvalroq Oksana Chusovitina 50 yoshini nishonlab, navbatdagi medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Gimnastikachi Toshkentda bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup musobaqasida ishtirok etdi.