2025-yil noyabr oyida Toshkentda 25 kg giyohvand moddalar muomaladan chiqarildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

IIV, IIBB va DXX boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazilib, 25 kg giyohvandlik vositalari, jumladan, 18 kg 692 gr sintetik giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq ko‘plab holatlarga chek qo‘yildi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, bundan tashqari, mutaxassislar 4 749 dona psixotrop dori vositalarini musodara qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni paytda poytaxtda giyohvand moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish va unga chek qo‘yishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.