Yevropaning Yerni masofadan zondlash va xaritalash xizmati Copernicus 2025-yil ob-havo kuzatuvlari tarixidagi ikkinchi yoki uchinchi eng issiq yil bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Tegishli hisobotga ko‘ra, joriy yil harorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2023-yilga tenglashishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘tgan noyabr 2023 va 2024-yillardan keyin butun kuzatuvlar tarixidagi uchinchi eng issiq noyabr bo‘ldi.
Noyabr oyida Yer yuzasining o‘rtacha harorati 14,02 darajaga yetdi, bu 1991-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,65 darajaga yuqori. Ma’ruza shuni ko‘rsatadiki, inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi va kuchayishiga olib keladi.