Davlatobod tumanidagi Yangi Namangan shahrida China Town kompaniyasi tomonidan zamonaviy turar joy va biznes majmuasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Birinchi g‘ishtni qo‘yishda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, shuningdek, Xitoyning Jiangsu provinsiyasi Maslahat kengashi a’zosi, Jiangsu Tonke Real Estate kompaniyasi prezidenti Yan Bo ishtirok etdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, umumiy qiymati 750 million dollar bo‘lgan Namangan China Town loyihasi mintaqa va butun Farg‘ona vodiysining iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

Loyiha doirasida zamonaviy uy-joylar, biznes markazlari, besh yulduzli mehmonxonalar, savdo va ko‘ngilochar maskanlar barpo etish rejalashtirilgan. Majmua yangi ish o‘rinlari yaratish va xorijiy investitsiyalar jalb etishda muhim omil bo‘ladi.