O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 70 ga yaqin veb-sayt bloklandi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Reklama huquqbuzarliklari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ishlar doirasida bukmekerlik xizmatlarini reklama qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda.
2025-yil boshidan buyon agentlikka bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytning bloklangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuborilgan, shundan 70 ga yaqini belgilangan tartibda bloklangan. “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi.