O‘zbekistonliklarga kvartira uchun jamg‘arish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlaridan eng ko‘p vaqt kerak. Bu haqda “Geostatistika” portali ma’lumotida keltirilgan.

O‘rtacha oylik ish haqi 482 dollar bo‘lgan o‘zbekistonliklarga 96 800 dollarlik uy-joy uchun mablag‘ yig‘ish uchun 16 yil 9 oy kerak bo‘ladi. Taqqoslash uchun: Qozog‘iston aholisiga 7 yil 8 oy, Qirg‘iziston aholisiga 13 yil 6 oy, Tojikiston aholisiga 15 yil 9 oy kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, “Geostatistika”ning hisoblash metodikasi, xususan, kvartira maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafsil oshkor etilmagan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, muddatlardagi farqlar kvadrat metr qiymatidagi farq bilan ham, mamlakatlardagi o‘rtacha ish haqi darajasi bilan ham izohlanadi.