8-dekabr kuni Qohirada prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Misr bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Saida Mirziyoyeva shayxga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida ma’naviy va ilmiy-ma’rifiy sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdi. Ma’rifiy islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Qo‘shma dasturlarni, akademik almashinuvlarni va qo‘lyozmalarni tadqiq etishni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.