Toshkent shahrida muntazam ravishda o‘tkazilayotgan ekologik reydlar davom etmoqda. Bu haqda Maxsus komissiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Maxsus komissiya a’zolari, Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari Toshkent shahrida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Obyektlarda chang ko‘tarilishining oldini olish, atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, atmosfera havosini ifloslantiruvchi zararli qurilish changi va chiqindilari tarqalishining oldini olish bo‘yicha qurilish tashkilotlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.