Xitoyda China Huarong International davlat moliya kompaniyasi sobiq bosh direktori Bay Tyanxueyga nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, moliyachi 1,1 mlrd yuan (155,61 mln dollar) miqdorida pora olgani uchun qatl etilgan. O‘tgan yilning may oyida Tyanszin sudi Bay Tyanxueyni korrupsiyada aybdor deb topib, oliy jazoga hukm qilgan edi.

Uning sobiq rahbari Lay Syaomin 2021-yilda xuddi shunday jinoyatlar uchun qatl etilgan edi.