9-dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarda tuman tushadi, g‘arbdan esayotgan shamol kuchayadi.
Havo harorati kunduzi 1 daraja sovuq — 17 daraja iliq, shimoli-g‘arbda 5 daraja iliqqacha, markaziy va sharqiy viloyatlarda 8 daraja iliqqacha, janubda 17 daraja iliqqacha bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda yomg‘ir yog‘adi, harorat kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, tuman tushadi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi, kunduzi -1 dan 0° gacha bo‘ladi.