AQSH prezidenti ma’muriyati barcha xorijlik sayyohlarni mamlakatga kirishda o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi so‘nggi besh yildagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini yuklashi mumkin. Bu haqda NBC xabar bermoqda.
Telekompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, tegishli taklif AQSH aviatsiya boshqarmasining hukumat byulletenida paydo bo‘lgan. Choralar AQShga kirayotgan barcha chet elliklarga, shu jumladan fuqarolari viza talab qilmaydigan davlatlardan kelganlarga ham tatbiq etilishi taklif qilinmoqda.
Bundan tashqari, AQSH chegara xizmati sayyohlardan so‘nggi besh yil ichida foydalangan elektron pochta manzillari va telefon raqamlarini, shuningdek, oila a’zolarining manzillari va telefon raqamlarini aytishni talab qilishi mumkin.