Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha kompaniyalarga elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR-kod joriy etiladi. Bu haqda prezident qaroridan ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab kompaniyalar banklar tomonidan shakllantirilgan yagona QR-kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qiladi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab ushbu talab majburiy bo‘ladi. QR kodning yo‘qligi savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi.
Bundan tashqari, 2026-yil boshidan boshlab bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida bir turdagi tovarlarga muvofiqlik sertifikati va ekologik sertifikatlar bir yilgacha bo‘lgan muddatga bir marta beriladi.