10 dekabr kuni ob-havo yomonlashgani sababli “Qamchiq” dovonidagi yo‘l yopildi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ob-havoning keskin yomonlashishi, kuchli qor yog‘ishi va qor ko‘chishi xavfi yuqoriligi sababli yo‘l soat 02:30 dan boshlab yopilgan. Ob-havo yaxshilangandan keyin transport harakati tiklanadi. Yo‘lning ochilishi haqida keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
“Qamchiq” dovonida birinchi qor 4-dekabr kuni yog‘di. O‘shanda mutaxassislar fuqarolarga qulaylik yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus texnikalar yo‘llarni tozalashga tayyorligini ma’lum qilgandi.