Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 10-dekabr kuni Avazada bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi.

Saida Mirziyoyeva xotin-qizlarning teng huquqliligi va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasining ahamiyati haqidagi g‘oyalar chuqur tarixiy ildizlarga ega ekani, O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim, tadbirkorlik sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

Xotin-qizlar huquqlarini hurmat qilish, bunda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamjihatlik muhimligini qayd etdim. Ishonamanki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan har bir ayol o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yarata olamiz, — dedi Saida Mirziyoyeva.