Toshkentda IIB xodimi fuqarodan pora talab qilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shayxontohur tumani IIO FMB fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimi fuqaroga “chiroyli raqamlar” bilan ID-karta rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Bundan tashqari, huquq-tartibot idorasi xodimi xizmati uchun 1500 dollar talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida xodim kelishilgan puldan 1000 dollarni olgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.