Toshkent metrosining to‘rtta bekatida ikkinchi vestibyullar ochiladi. Bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston”, “Mashinasozlar”, “G‘afur G‘ulom” va “Milliy bog‘” bekatlarining bir tomonlama kirish qismida texnik yangilash ishlari olib borildi. Yo‘lovchilar oqimi kamligi sababli bekatlardagi vestibyullar ko‘p yillar davomida yopiq bo‘lgan.
Ayni paytda ushbu vestibyullarda barcha texnik ishlar yakunlanib, zamonaviy uskunalar bilan to‘liq jihozlangan. 11-dekabrdan boshlab vestibyullar yo‘lovchilar uchun qayta ochiladi.