Bahromjon Norqobilov Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xalq deputatlari tuman kengashi yig‘ilishida Bahromjon Norqobilovni lavozimga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. U 2024-yilning may oyidan buyon hokim lavozimida ishlab kelayotgan Doniyor Madirimov o‘rnini egalladi.
Tayinlovga qadar Bahromjon Norqobilov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.