10-dekabr kuni havo salqin, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi, tog‘li hududlarda qor yog‘adi.
Harorat kechasi 0-10 daraja sovuq, kunduzi 1-19 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.