Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro mamlakatning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi debyuti haqida gapirdi. Bu haqda Deportes RCN xabar bermoqda.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi debyuti vazifani qiyinlashtiradi. Jamoa nafaqat raqiblarning yuqori darajasiga, balki ichki cheklovlarga ham duch kelmoqda.

Biz juda murakkab guruhga tushib qoldik: Portugaliya, Kolumbiya… Federatsiyamiz uchun bu jahon chempionatidagi ilk ishtirok va turnirga tayyorgarlikning o‘zi katta tajribadir, — dedi Kannavaro.

U milliy chempionatning holatini alohida ta’kidladi:

Ligamizdagi o‘yinlar shiddati hali top darajadan ancha uzoq. Bu yaxshilanishi kerak bo‘lgan narsa. Ammo mamlakat uchun jahon maydoniga chiqishning o‘zi tarixiy qadamdir.

Qog‘ozda Portugaliyadan keyin eng jiddiy ko‘rinadigan raqib haqida gapirar ekan, Kannavaro Kolumbiya terma jamoasining kuchli tomonlarini qayd etdi.

Kolumbiya — kuchli jamoa: ularda tezlik, texnika, yuqori intensivlik va iste’dod bor. Bu juda yuqori saviyali terma jamoa va ularga qarshi o‘yin oson bo‘lmaydi.

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi qanday yo‘l tutishini ham aytib o‘tdi: Bunday raqiblarga qarshi individual harakatlar ish bermaydi. Yagona mexanizm sifatida harakat qilishimiz kerak. Futbol — bu jamoaviy o‘yin va faqat shu yo‘l bilan biz Kolumbiya va Portugaliyaga nimanidir qarshi qo‘yishimiz mumkin.