Foto: Situativ

10-dekabr kuni kechqurun O‘zbekistonning qator hududlarida, ayniqsa, Toshkent shahrida qalin tuman hosil bo‘ldi. O‘zgidromet Maxsus komissiya topshirig‘iga asosan holat yuzasidan tezkor izoh berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tuman paydo bo‘lishi bilan PM2.5 va PM10 mayda dispers zarrachalarining konsentratsiyasi oshishi mumkin.

Tuman hosil bo‘lishi mamlakatimiz hududiga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi bilan bog‘liq. O‘zgidromet 10-dekabrga qadar respublika bo‘yicha havo harorati pasayishini ma’lum qilgandi, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan chang zarralarining qariyb 55-60 foizi tashqi hududlardan kirib kelmoqda. So‘nggi kunlarda shamol tezligining pastligi, inversion jarayonlarning shakllanishi, shuningdek, kuzatilayotgan tuman hodisasi ushbu zarrachalarning yer usti havo qatlamida ushlanib qolishiga va qiyinchilik bilan tarqalishiga olib kelmoqda.