O‘zbekistonda metan gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi O‘zbekistonda metan gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bunga qo‘shni davlat gaz uzatish tizimida aniqlangan texnik nosozlik sabab bo‘lib, import qilinayotgan tabiiy gaz hajmi kamaygan.

Mazkur chora-tadbirlar aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida amalga oshirildi. Ular vaqtinchalik xarakterga ega, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda gaz bosimining me’yoriy darajasini tiklash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.