O‘zbekistonda ilk bor yetti oylik bolaning jigari ko‘chirib o‘tkazildi. Bu haqda viloyat bolalar milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning onasi donor bo‘lgan. Jarrohlik amaliyotidan oldin ayol va bola barcha kerakli tekshiruvlardan o‘tkazildi. Shifokorlar chaqaloqqa ikkita jigar segmentini ko‘chirib o‘tkazishdi.
Operatsiya asoratlarsiz o‘tdi. Onasi qoniqarli ahvolda kasalxonadan chiqarildi. Chaqaloq shifokorlar nazoratida, uning ahvoli barqaror va qoniqarli, yaqin kunlarda uyiga javob berish rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bunday operatsiyalar eng murakkab operatsiyalar qatoriga kiradi va dunyoning sanoqli mamlakatlarida amalga oshiriladi.