Panama operatsiyalari bo‘yicha kuchaytirilgan valyuta nazorati talab qilinadigan davlatlar ro‘yxatida ko‘rinmay qoldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi qarorida keltirilgan.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Hozirgi vaqtda ro‘yxatga imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ma’lumotlarni oshkor qilish va taqdim etishni nazarda tutmaydigan 68 ta mamlakat kiritilgan.