Paragvay Respublikasi prezidenti Santyago Penya 11-13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Paragvay hamkorligini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm va sport sohalarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratiladi.

Paragvay yetakchisi Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida hamda federatsiya shafeligida o‘tkaziladigan chempionatlar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.