11-dekabr kuni kunduzi hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, Toshkent viloyatida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin; tuman tushadi, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-22 m/s gacha kuchayadi, harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda ertalab tuman bo‘lishi mumkin, kechqurunga yaqin esa — ozgina yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 3–8 m/s. Harorat 12–14° issiq.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi, ayrim joylarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shamol tezligi 7-12 m/s. Harorat 2-7° sovuq.