O‘zbekistonlik talabalar Yangi yil arafasida temir yo‘l chiptalariga 50% chegirma olishadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.
2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvargacha o‘quvchilar barcha mahalliy yo‘lovchi poyezdlariga chiptalarni 50% chegirma bilan sotib olishlari mumkin. SV/VIP klassidagi vagonlar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdi bundan mustasno.
Elektron chiptalar eticket.railway.uz saytida hamda Android va iOS uchun mobil ilovalarda mavjud.