Toshkentda Olmazor tumani soliq inspeksiyasining ikki nafar katta inspektori pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gumonlanuvchilar deraza va eshiklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi oilaviy korxonada tekshiruv o‘tkazgan. Ular soliqlarni kam to‘laganliklarini aytib, jarima sanksiyalarini qo‘llamaslik uchun 10 mln so‘m talab qilishgan. Mas’ul xodimlar yuqorida ko‘rsatilgan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar hibsga olingan, tergov olib borilmoqda.