11-dekabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida gaz qisman o‘chiriladi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 08:00 dan 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldiriladi:
- Qizg‘aldoq mahallasida 125 ta xususiy uy va 2 ta ko‘p qavatli uy, 5 ta ulgurji iste’molchi.
Bundan tashqari, Sergeli tumanida ta’mirlash ishlari olib boriladi, u yerda soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagilar gazsiz qoladi:
- Yuqori Darxon mahallasi aholisi.